Toshkentdagi “dom”da gaz portladi (video)
3-sahifa
−
01 mart 2025 8749 1 daqiqa
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida gaz chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 1 mart kuni soat 15:23 da Toshkent shahar FVBga Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv 4 mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda gaz chaqnashi sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar tushgan. Zudlik bilan aytilgan manzilga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan.
Bildirilishicha, voqea joyiga FVB, IIBB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari ham chiqqan. Hozirda manzilda qutqaruv ishlari olib borilmoqda va 4 nafar fuqaro qutqarilgan, halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi gaz quyish shoxobchasida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan edi. Oqibatda avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi hududida bo‘lgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Ularga malakali tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi Markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025