Toshkentdagi “dom”da chiqqan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
13 Sentabr 2022
6059Bugun, 13 sentyabr kuni soat 06:10 larda toshkentning Yangihayot tumani “Chorbog‘” MFYda joylashgan ko‘p qavatli xonadonlarning birida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.
Qutqaruvchilarga kelgan xabar asosida, yong‘in joyiga soat 06:14 da yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib borgan va soat 06:27 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida uy jihozlari va uyning ichki qismi 30 kvadrat metr maydonda yonib zararlangan hamda bir nafar fuqaro kuyish tan jarohati oqibatida halok bo‘lgan.
Yong‘inning kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
LiveBarchasi