Toshkentdagi buyum bozorlari yopiladi
Jamiyat
−
23 mart 2020 7960 1 daqiqa
Ertaga, 24 martdan boshlab Toshkent shahridagi barcha buyum, qurilish materiallari, avtomobil sotuvi, maishiy-texnika, ikkilamchi buyumlar bozorlari va mulkchilikdan qat’iy nazar barcha savdo komplekslari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
Faqatgina dehqon bozorlari, supermarketlar, oziq-ovqat do‘konlari, shifoxonalar, poliklinikalar, dorixonalar faoliyati to‘xtatilmaydi, ular avvalgi tartibda ishlashni davom ettiradi.
Umumiy ovqatlanish muassasalari yopiq holatda, ya’ni mijozlarni qabul qilmasdan, faqat taomlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Bu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga taom yetkazib berish xizmatlarini rivojlantirish tavsiya etiladi.
Avvalroq, Toshkent viloyatida nooziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilinuvchi barcha bozorlar yopilishi haqida xabar bergan edik.
Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025