Toshkentdagi birinchi elektrobus yo‘lovchilarni tashishni boshladi

Jamiyat

image

Avvalroq, poytaxt Toshkentga birinchi elektrobus keltirilgani haqida xabar bergan edik. Kecha, 7 sentyabr kuni Toshkentda birinchi elektrobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshladi. 

“Ushbu transport vositasi bugun poytaxt yo‘llariga olib chiqildi. Uning birinchi yo‘lovchilari jamiyat rahbariyati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bo‘ldi. Elektrobus qatnovi shahar markazida amalga oshiriladi. Elektrobas kelasi hafta yo‘lovchilarga xizmat qila boshlaydi”, deyiladi “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan tarqatilgan xabarda. 

Elektrobusning texnik imkoniyatlarini o‘rganish, shunga muvofiq biriktiriladigan yo‘nalishni belgilash maqsadida Belarus hamda “Toshshahartransxizmat” AJ mutaxassislari ilk kuzatuvni amalga oshirdilar.

Ye420 “Vitovt Elektro” rusumli elektrobus bir martalik quvvat bilan 20-25 kilometr atrofida masofa bosib o‘tadi. Quvvat olish vaqti esa 6-8 daqiqaga teng. O‘rtacha 90 ta yo‘lovchi olib yurish imkoniyatiga ega


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Toshshahartransxizmat Elktrobus

Baholaganlar

111

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing