Toshkentdagi bir qator ko‘chalar 3 kunga yopiladi (xarita)

Jamiyat

image

Poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 3 sentyabr kuni Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 31 avgust kuni soat 10:00 dan 3 sentyabr kuni soat 10:00 gacha: 

  • Afrosiyob ko‘chasi Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan, Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan yo‘nalishda harakat cheklanadi.

Shuningdek, 3 sentyabr kuni soat 05:00 dan 09:00 gacha:

  • Afrosiyob ko‘chasi Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy, Oybek va Nukus ko‘chalari bo‘ylab, Rim-Katolik cherkovigacha bo‘lgan yo‘nalishda avtotransport vositalari harakati to‘xtatiladi. 

“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Mustaqillik bayrami Yangi nafas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing