Toshkentdagi binolar yoshini ko‘rsatadigan platforma ishga tushdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti Age Tashkent loyihasini ishga tushirdi. Unda tanlangan vaqt oralig‘ini yoki aniq yilni qo‘llagan holda Toshkentdagi binolarning yoshini aniqlash imkoniyati mavjud. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Loyihadan foydalanish bo‘yicha oddiy yo‘riqnoma: xaritada sizni qiziqtirgan binoni toping, unga bosing va kerakli ma’lumotlarga – qurilish sanasi, binoning turi (turar joy binosi, ma’muriy bino) va boshqa ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Qurilgan yiliga qarab barcha binolar turli ranglarda belgilangan. Binolarning rangi ham tasodifan tanlangan emas. Qadimgiroq binolar to‘kiluvchi materiallar – ular qurilishida qo‘llanilgan somon va loy rangida aks ettirilgan. Sobiq SSSR davrini olovrang va qizil rang aks ettirsa, 1966 yildagi yer qimirlashidan keyin paydo bo‘lgan metro ko‘k rangda namoyon bo‘ladi. Mustaqillik yillariga och havorang belgi bo‘lsa, yangi O‘zbekiston davri yashil rangda bo‘yalgan.

“Binoning yoshi yoki boshqa ma’lumotlarida xatolik topsangiz, u haqida qayta aloqa orqali ma’lumot bering, bu dasturchilarga ma’lumotlar bazasini sozlash va takomillashtirish imkonini beradi", deyiladi hokimlik xabarida.

Ekranning chap qismidagi qulf belgisiga bosib “Sirli xonani” oching, u Toshkentning chegaralarini yilidan kelib chiqib, ko‘rsatib bera oladi. Unda barcha tumanlar, shahar atrofidagi qal’a devori, 12 ta darvoza, shuningdek, madaniy meros ob’ektlarining arxeologik hamda ko‘chalarning zamonaviy nomlari ko‘rsatilgan.

Qayd etilishicha, qurilmalar yoshini vizuallashtirish loyihasini Niderlandiyada ishlab chiqilgan, so‘ngra Yevropa va Rossiyada keng tarqalgan Building Age Maps chellenji ilhomlantirdi. Binolar yoshini ko‘rsatuvchi bunday interaktiv karta paydo bo‘lgan ilk Markaziy Osiyo mamlakati esa O‘zbekistondir.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

71

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing