Toshkentdagi baxtsiz hodisada jabrlanganlarning ahvoli ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
28 avgust 2019
9648Avvalroq, Toshkent shahrida qurilish maydonida metall konstruksiya qulashi natijasida 4 ishchi halok bo‘lgani 2 nafari shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur halokat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, bugun, 28 avgust kuni soat taxminan 13:00 da Toshkentdagi Nurafshon ko‘chasida qurilayotgan “Riviera” savdo majmuasi hududida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtda yuqoridan temir konstruksiya qulagan. Oqibatda 6 nafar quruvchi jarohatlanib, ulardan 4 nafari vafot etgan. 2 nafari esa Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Jarohatlanganlar zudlik bilan tekshiruvlardan o‘tkazilib, belgilangan tartibda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Jumladan, 45 yoshli O.Sh. o‘ng tavon suyagining sinishi tashxisi bilan o‘rta og‘ir ahvolda, Z.R. esa aralash travma, chap yelka suyagining sinishi tashxisi bilan yotqizilgan.
Bemorlar malakali shifokorlarning doimiy nazoratida bo‘lib, ularga barcha kerakli tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda. Vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.