Toshkentdagi ba’zi taqsimlash markazlari yopilmoqda

Jamiyat

image
Toshkentda shifokorlarga bag‘ishlangan mural paydo bo‘ldi north_east

Toshkentda shifokorlarga bag‘ishlangan mural paydo bo‘ldi

O‘zbekistonda koronavirsga chalingan bemorlar kamaygani bois, Toshkentdagi ayrim taqsimlash markazlari yopilmoqda.

Xususan, Uchtepa tumanidagi “Atlas” do‘konida COVID-19 va atipik pnevmoniya bemorlari uchun tashkil etilgan taqsimot markazi yopilgan.

Shuningdek, tez orada “Yoshlik” sport majmuasidagi markaz faoliyati ham to‘xtatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda taqsimlash markazlari koronavirusga chalinish holatlari keskin ko‘paygan vaqtda tashkil qilingandi. Markazlar koronavirus alomatlari bor bemorlarni ma’lum muddat saqlab, ularning holatidagi o‘zgarishga qarab, tegishli shifoxonalarga yuborish uchun tashkil qilingandi.

Avvalroq, poytaxtda COVID-19`ni davolash uchun moslashtirilgan Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasi odatiy ishiga qaytgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

taqsimlash markazi

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar