Toshkentda shifokorlarga bag‘ishlangan mural paydo bo‘ldi

Jamiyat

image

Zamonamiz qahramonlari — koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar sharafiga ulkan tasviriy san’at asari (mural) yaratildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u poytaxtning Yangi Sergeli va Lutfkor ko‘chalari kesishmasida paydo bo‘lgan.

“Ushbu joy tasodifan tanlanmagan, ko‘p qavatli uydan uzoq bo‘lmagan masofada koronavirusga chalingan bemorlarni taqsimlash markazi mavjud. Ko‘pgina shifokorlar ikki oy yoki undan ortiq muddat davomida uyda emaslar va biz ushbu ijodiy mujda orqali ularga minnatdorlik bildirmoqchimiz”, dedi “Ziyo Forum” jamg‘armasi direktori va loyiha rahbari Bobur Farmonov.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 65 480 (+92) nafarni tashkil etmoqda. Ayni paytda O‘zbekistonda 62 615 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

shifokor koronavirus mural

Baholaganlar

143

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made