Toshkentdagi ayrim ko‘chalar noma’lum muddatga yopiladi

Jamiyat

image

Bugun, 15 iyul kuni soat 00:00 dan boshlab Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim ko‘chalarida avtotransport harakati noma’lum muddatga cheklandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli transport vositalarining harakati quyidagi hududlarda vaqtinchalik cheklanadi:

  • Temur Malik-Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasidan Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab, Temur Malik-Sultoniya ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Temur Malik-Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari chorrahasidan Buyuk Ipak yo‘li  ko‘chasi bo‘ylab, Buyuk Ipak yo‘li-Shukur Burhonov ko‘chalari chorrahasigacha;

“Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, aylanma yo‘llardan foydalanishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabar so‘ngida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi “Buyuk Turon” ko‘prigi ikki oyga yopilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

ko'chalar yopiladi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made