Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda harakat cheklandi

Jamiyat

image

Bugun, 14 mart kuni Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalarda yo‘l yotiq chiziqlari chizilishi munosabati bilan quyida ko‘rsatilgan ko‘chalarda yo‘l qatnov qismida harakat qisman cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qilmoqda. 

Harakat qisman cheklanadigan ko‘chalar:

— Beshyog‘och ko‘chasining Furkat ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi soat 11:00 dan 18:00 gacha;
— Olmazor ko‘chasining Beshyog‘och ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi soat 11:00 dan 18:00 gacha;
— I.Karimov ko‘chasining Olmazor ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi soat 11:00 dan 18:00 gacha;
— Qoratosh ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan 1-shahar shifoxonasigacha bo‘lgan qismi soat 11:00 dan 18:00 gacha.
 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing