Toshkentdagi avtobusda harakat paytida yong‘in chiqdi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida avtobus harakati paytida yong‘in chiqqani aks etgan video tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat bartaraf etilganini ma’lum qildi.

Keltirilishicha, bugun, 29 aprel kuni soat 13:54 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani "Rakat" mahallasi Muqimiy ko‘chasida 2-yo‘nalishda harakatlanayotgan “Mercedes-Benz” avtobusida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 14:01 da yetib borib, yong‘in soat 14:08 da o‘chirilgan. 

“Yong‘in oqibatida avtobusning motor qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing