5 kunda koronavirusga chalinganlar 1 millionga ko‘paydi

Olam

image

O‘tgan bir 5 kuni ichida dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar yana bir millionga ortib, 12 million 51 561 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni ham sezilarli darajada ortib, 6 million 598 230 nafarni tashkil etmoqda. O‘lim holatlari esa 549 735 taga o‘tgan. 

4 iyul holatiga ko‘ra ko‘rsatkichlar quyidagicha edi: 

•    kasallanish – 11 million 89 137;
•    sog‘ayish –  5 million 889 330;
•    o‘lim – 525 400.

O‘tgan haftadagiga solishtirsak kasallanish 7,9 foizga, sog‘ayish esa 10,7 foizga, o‘lim ko‘rsatkichi esa 4,4 foizga ortgan. 

Kasallanish bo‘yicha birinchilikni AQSH qo‘ldan bermay kelyapti. Mamlakatda kasallanish holatlarni 3 million 55 144 tani tashkil etmoqda. Bemorlarning 953 420 nafari sog‘aygan, 132 309 nafari vafot etgan. 

Ikkinchi o‘rinda esa okean ortidan Braziliyani ko‘rish mumkin. Mamlakatda 1 million 713 160  kishi koronavirusga chalingan, 1 million 139 844 kishi kasallikdan butkul forig‘ bo‘lgan. 67 964 kishi esa vafot etgan. 

Uchinchi o‘rinda Hindiston turibdi. Hind diyorida 767 296 kishi koronavirusga chalingan. Ularning 476 378 nafari sog‘aygan, 21 129 nafari qurbon bo‘lgan. 

Keyinga o‘rin dunyoning ikkinchi ustuni Rossiya turibdi. Rus xalqining 706 179 nafari koronavirusga chalingan. Ulardan 480 483 nafari sog‘aygan, 10 825 kishi vafot etgan. 

Peruda ham vaziyat jiddiy. Shu sabab u kasallik tarqalishi bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinni egallab oldi. Mamlakatda 312 911 kishi koronavirusga chalingan bo‘lsa, ulardan 204 748 nafari sog‘aygan. Vafot etganlar esa 11 133 nafarga yetgan. 

Chilida 303 083 kishi koronavirusdan og‘rigan bo‘lsa, 271 741 kishi kasallikni ortda qoldirgan. Bemorlarning 6 573 nafari vafot etgan. 

Sog‘ayish bo‘yicha eng oxirgi o‘rinlarda borayotgan Buyuk Britaniyada esa kasallanganlar 288 511 nafarga yetgani ko‘rsatilmoqda. Ularning bor-yo‘g‘i 1 378 nafari sog‘aydi, 44 602 nafari halok bo‘ldi. 

Sakkizinchi o‘rinni Meksika egallamoqda. Mamlakatda 275 003 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 214 316 nafari sog‘aygan, 32 796 kishi vafot etgan.

Ispaniya to‘qqizinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda kasallanish bo‘yicha raqamlar 252 513 ni ko‘rsatmoqda. Bemorlarning 150 376 nafari sog‘aygan, 28 396 nafari vafot etgan.

O‘ninchi o‘rinda esa Eron bormoqda. Mamlakatda koronavirusga chalinganlar 248 379 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 191 467 nafari sog‘aygan, 12 084 kishi vafot etgan. 

Keyingi o‘nlikni Italiya boshlab beradi. Mamlakatda 242 149 kishi kasallangan. Bemorlarning 193 640 nafari sog‘aygan, 34 914 kishi vafot etgan.

Pokistonda esa 240 848 kishi koronavirusdan og‘rigan. Ularning 145 311 nafari sog‘aydi, 4 983 nafari qurbon bo‘ldi. 

Janubiy Afrikada ham kasallik avj olmoqda. Mamlakat dunyo bo‘yicha 13-o‘ringa chiqib oldi.  Mamlakatda koronavirusga chalingan 224 665 nafar bemor aniqlangan. Ularning 106 842 nafari sog‘aydi, 3 602 nafari vafot etdi. 
14-o‘rinni esa Saudiya Arabistoni egallamoqda. Mamlakatda 220 144 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ularning 158 050 nafari sog‘aygan. Bemorlarning 2 059 nafari vafot etgan.

15-o‘rinda esa Turkiya turibdi. Mamlakatda 208 938 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 187 511 nafari sog‘aygan, 5 282 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing