Toshkentdagi Anhor kanalidan erkak jasadi topildi
Jamiyat
−
21 aprel 2021
11670Kecha, 20 aprel kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Labzak mahallasidan oqib o‘tuvchi Anhor kanalidan noma’lum erkak jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, jasadni birinchi bo‘lib Xalq ta’limi vazirligi Matbuot kotibi Laylo Rustamova hamkasbi bilan sayr qilib yurgan vaqtida ko‘rib qolgan va darhol Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Bosh prokuratura Matbuot xizmatiga ma’lum qilgan.
Voqea joyiga Shayxontohur tumani prokurori rahbarligidagi tezkor tergov guruhi yetib borgan. Guruh tomonidan murdani ko‘zdan kechirish jarayonida unda kuch ishlatish holatlari va tan-jarohatlari aniqlanmagan.
Surishtiruv harakatlari davomida bugun, 21 aprel kuni qo‘l barmoq izlarini tekshirish orqali murdaning shaxsi aniqlangan. Marhumning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Holat yuzasidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi