Indoneziyada tankerdagi yirik yong‘inda yetti kishi halok bo‘ldi
Olam
−
13 may 2020
5171Indoneziyada neft tankerida yirik yong‘in yuz berdi. Natijada kamida 22 kishi jabrlandi. Bu haqda “Jakarta Post” nashri xabar berdi.
Shimoliy Sumatra provinsiyasidagi Medan shahridagi Belavan portida to‘xtagan Jag Leela tankerida yong‘in yuz berishi natijasida ekipajning o‘nlab a’zolari qopqonda qolgan.
Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan, yonayotgan kemada tuzoqqa tushib qolganlar esa qidiruv-qutqaruv jamoasi yordamini kutishiga to‘g‘ri kelgan. Qutqaruvchilar kemaning turli joylarida jami yetti jasad topishgan. Ammo Indoneziya rasmiylari qurbonlar soni oshishi mumkinligini ta’kidlayapti. Qidiruv-qutqaruv ishlari ham davom ettirilyapti.
Indoneziya Transport vazirligining sohil va dengiz muhofazasi xizmati ma’lumoitiga ko‘ra, yong‘in kema portga shvartovka qilayotganda yuz bergan portlash oqibatida sodir bo‘lgan. Kemada neft bo‘lgani uchun o‘t o‘chiruvchilar uzoq vaqtgacha yong‘inni o‘chira olmagan. Yong‘inni o‘chirishga qo‘shimcha uchta kema jalb qilingan.
LiveBarchasi