Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Bugun, 31 iyul kuni O‘zbekistonning 10 ta hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 16:13 da yuz bergan. Magnitudasi 2,8, chuqurligi 5 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 11 km shimoliy-g‘arbda joylashgan Toshkent viloyatining Zangiota tumani. Koordinatalari: 41,32 daraja shimoliy kenglik, 69,11 daraja sharqiy uzunlik.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  1. Uchtepa tumanida 3 ball, 6 km;
  2. Shayxontoxur tumanida 2-3 ball, 8 km;
  3. Chilonzor tumanida 2-3 ball, 9 km;
  4. Olmazor tumanida 2 ball, 10 km;
  5. Zangiota tumanida 2 ball, 11 km;
  6. Toshkent shahrida 2 ball, 11 km;
  7. Yakkasaroy tumanida 2 ball, 13 km;
  8. Sergeli tumanida 2 ball, 15 km;
  9. Mirobod tumanida 2 ball, 15 km;
  10. Yunusobod tumanida 2 ball, 15 km.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 26 iyun kuni O‘zbekistonning 12 ta hududida zilzila sodir bo‘lgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing