Toshkentda “Jiguli” daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi
3-sahifa
−
15 avgust 2022 12195 1 daqiqa
Kecha, 14 avgust kuni Toshkentning Sergeli tumanida “Vaz 2106” rusumli avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchrab, bo‘linib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.
YTH soat taxminan 07:30 larda Sergeli tumanining Yangi Sirg‘ali ko‘chasida yuz bergan. 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro P.I. “Vaz 2106” rusumli mashinada avtomobil bozori tomondan Janubiy temir yo‘l vokzali tomonga harakatlanayotib, “Turon” savdo majmuasi binosi qarshisida rul boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga urilgan.

Yo‘l transport hodisasi natijasida haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi