Toshkentda “JEK” rahbari qariyb 300 mln so‘mni talon-toroj qildi
3-sahifa
−
10 mart 2021
5155Yunusobod tumanida aholidan kommunal to‘lovlar uchun undirilgan mablag‘larni o‘zlashtirgan XUJMSH rahbari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xabar berdi.
Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.Q.” XUJMSH rahbari va boshqalar oldindan til biriktirib, 2020 yil va joriy yilning fevral oyiga qadar uy-joy mulkdorlaridan badal to‘lovi, issiq suv va issiqlik energiyasi ta’minoti hamda avtoturargoh uchun undirilgan 288,3 mln so‘mni bank muassasasiga topshirmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi