Toshkentda O‘zbekiston-Turkiya tibbiyot forumi o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 12-14 fevral kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining Sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlardan odamlarni himoya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish mavzusiga bag‘ishlangan oliy darajadagi vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham faol qatnashdi.

Yig‘ilishda sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlardan odamlarni himoya qilish bo‘yicha ishtirokchi mamlakatlarning tayyorgarligini kuchaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish, bu borada nazorat tuzilmasi, monitoring va baholash mexanizmini yaratish, o‘zaro tajriba almashish va muloqotlarni ko‘paytirish masalalariga ustuvor ahamiyat berildi.

Shuningdek, JSST va hamkorlarni qo‘llab-quvvatlashga chorlaydigan ustuvor yo‘nalishlar va innovatsion yondashuvlarni aniqlash, eng muhimi, mintaqa uchun belgilab olingan tadbirlar ijrosini to‘liq ta’minlashda barcha davlatlarning jiddiy e’tibor qaratishi juda muhim ekanligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi  sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Gruziya, Armaniston va Turkmaniston sog‘liqni saqlash vazirlari bilan uchrashdi. Muloqotlarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi. 

Shu o‘rinda Alisher Shodmonovning Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxruddin Qovja bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini alohida ta’kidlash joiz. Unda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Ikki vazir muloqot jarayonida Toshkentda O‘zbek-turk tibbiyot forumini o‘tkazishga kelishib oldi.

Bundan tashqari, hamkorlik doirasida nafaqat Toshkentda balki, viloyatlarda ham zamonaviy tibbiyot klinikalarini tashkil etish, mutaxassislarning o‘zaro malaka oshirishi, O‘zbekistonda vaksinalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish kabi muhim masalalar ham muhokama etildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya Alisher Shodmonov JSST

Baholaganlar

4

Reyting

1.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing