Toshkentda yana hijob kiyib olgan erkak ushlandi (video)
3-sahifa
−
23 iyul
22619Bugun, 23 iyul kuni Toshkentda erkak kishi yuzini berkitib, ayollar kiyimini kiyib olgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov bilan bog‘landi.
Aniqlanishicha, bugun, 23 iyul kuni kunning birinchi qismida Toshkent shahar Bektemir tumani IIO FMB JTSB PPX safdor xodimi A.To‘ychiyev xizmat yo‘nalishida Qo‘yliq dehqon bozori yerosti yo‘lida shubha uyg‘otgan yuzini berkitgan kishini to‘xtatib, shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida tekshirganida u 1981 yilda tug‘ilgan Farg‘ona viloyatida yashovchi erkak jinsiga mansub M.U. ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda ushbu shaxsning bunday harakatlarini asl sababi o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chorsu bozorida ayollar kiyimini kiyib olgan erkakka nisbatan BHMning 110 baravari (3 mln 400 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi va 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi.
LiveBarchasi