Toshkentda yuz bergan YTHlarda 2 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 27 may kuni poytaxt Toshkentda yuz bergan yo‘l-transport hodisalari natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlab, soat 14:55 larda Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida ikkita transport vositasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. 1968 y.t. Zokirjon P. boshqaruvidagi Nexia rusumli (davlat raqami 01 V 440 LA) avtomobil va 1973 y.t. Xamidulla F. boshqaruvidagi Isuzu rusumli (davlat raqami 10 388 MVA) avtobus to‘qnashgan.

Hozirda YTH sabablari aniqlanmoqda. Halokat natijasida yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida vafot etgan. 

27 may kuni taxminan soat 21:30 larda Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasida Muxiddin Sh. Matiz rusumli (davlat raqami 01 M 570 ZA) avtomobilni boshqarib ketayotganida piyodani urib yuborgan.

Natijada Namangan viloyatida 1979 yilda tug‘ilgan Ya.L. olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan piyoda vafot etgan.

IIBB xabariga ko‘ra, mazkur ikki holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

141

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing