Toshkentda yuz bergan YTHda opera va drama teatri aktrisasi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
22 mart 2021
63214Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 18 mart kuni Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrining ikki xodimini teatr yonida mashina urib ketgani, ulardan biri vafot etgani haqida xabar tarqalgandi.
Poytaxt IIBB matbuot xizmati 22 mart kuni holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, voqea 18 mart kuni taxminan soat 18:30 larda Mirobod tumanidagi Zarafshon va Islom Karimov ko‘chalarining kesishmasida yuz bergan. 32 yoshli X.Z. Spark avtomobilini boshqarib ketayotganda yo‘lni piyodalar o‘tish yo‘lagidan kesib o‘tayotgan 30 yoshli Bahora Rahimova va 23 yoshli N.A.ni urib yuborgan.
Oqibatda ikkala piyoda tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. 20 mart kuni Bahora Rahimova tibbiy xodimlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan, olgan tan jarohatlari oqibatida jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi («transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent shahar IIBBning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, olti oylik homilador bo‘lgan N.A. ayni paytda uyida bo‘lib, uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.
LiveBarchasi