Toshkentda mudhish YTH sodir bo‘ldi. Qurbon bor

3-sahifa

image

Toshkent shahri Yangihayot tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1 nafar shaxs halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Bugun, 11 may kuni soat 07:30 larda Yangihayot tumanida 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A. Nexia 2 avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Mashina beton sim yog‘ochga urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Nexia 2 haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent Yangihayot tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing