Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi avtobus yonib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 22 dekabr kuni Toshkentda 47-yo‘nalishda harakatlanuvchi jamoat avtobusi yonib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.

Soat 14:50 larda Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasida, haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan Z.S. 12-sonli avtobus saroyiga tegishli bo‘lgan, 01 159 FCA davlat raqam belgili, yo‘lovchi tashuvchi avtobusning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan va tan jarohati olganlar yo‘q.

Ushbu hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in avtobus

Baholaganlar

580

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing