Toshkentda yo‘lovchi avtobusi beton ustunga urildi

Jamiyat

image

Bugun, 28 sentyabr kuni Toshkent shahri Mirobod tumanida boshqaruvi yo‘qotilgan yo‘lovchi avtobusi beton ustunga urildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar berdi.

Voqea soat  13:30 da tumanning Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. 25 yoshli fuqaro A.F. boshqaruvida bo‘lgan Saz-Le 60 rusumli avtobus o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi avtomobil halaqit bergani tufayli beton ustunga borib urilib, yo‘l-transport hodisasiga uchragan.

Oqibatda avtobus oynasi singan, shuningdek, mashinaning old qismiga shikast yetgan. Hozirda holat yuzasidan shahar YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 sentyabr kuni Toshkent shahrida harakatlanayotgan avtobusning o‘rta g‘ildiraklari quduqqa tushib ketishi oqibatida avtobusning tag va o‘rta (garmoshka) qismiga mahkamlangan quduq qopqog‘iga ilinib, texnik shikast yetgan edi. Shuningdek, 15 sentyabr kuni poytaxtda elektrobus va Nexia mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtobus Nexia Mirobod yth

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing