Toshkentda avtobus yo‘lning o‘rtasidagi quduqqa tushib ketdi

Jamiyat

image

Kecha, 11 sentyabr kuni poytaxt Toshkent shahrida harakatlanayotgan avtobusning o‘rta g‘ildiraklari quduqqa tushib ketdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha soat 21:35 larda "12-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi King Long  rusumli avtobusning o‘rta g‘ildiraklari Yangihayot tumani 1-mavzeda harakatlanayotgan paytida quduqqa tushib ketgan.

Keltirilishicha, yo‘lning qatnov qismida joylashgan quduqning atrofi cho‘kishi oqibatida chuqurlik hosil bo‘lgan va avtobusning o‘rta g‘ildiraklari “kolodets”ga tushib ketgan. Mahkamlangan quduq qopqog‘i avtobusning ulangan tag va o‘rta qismi (garmoshka)ga shikast yetkazgan.

“Avtobusdagi yo‘lovchilarga esa zarar yetmagan. Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing