Toshkentda yana elektrobus bilan “avariya” yuz berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 15 sentyabr kuni Toshkent shahrida elektrobus va Nexia mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, bugun soat 09:23 da Mirobod tumani Sayhun ko‘chasida svetoforning yashil chirog‘ida harakatlanib ketayotgan avtobus oldidan Nexia mashinasi chiqib qolishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan. 

Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, elektrobus va yengil avtomobil texnik shikastlangan.

“Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 sentyabr kuni Toshkent shahar Bektemir tumanida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan elektrobus yo‘l yoqasidagi “stolba”ga borib urilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avariya elektrobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing