Toshkentda yo‘llarni ta’mirlash mavsumi boshlandi
Jamiyat
−
07 mart 3546 2 daqiqa
Bugun, 7 martdan Toshkent shahrida ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlar boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarini amalga oshirish, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda shahar aholisi va jamoat transportining harakatlanishi uchun qulayliklarni oshirish maqsadida Toshkent shahrining transport oqimi faol bo‘lgan ko‘chalari holati tekshirilgan.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 2025 yilda joriy va kapital ta’mirlash talab qilinadigan ko‘chalar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan manzilli ta’mirlash dasturi ishlab chiqilgan. Dastur doirasida umumiy maydoni 65 000 m² dan ortiq bo‘lgan yo‘llarni ta’mirlash rejalashtirilgan, jumladan, ishlar qoplamaning uzoq muddat chidamli bo‘lishini ta’minlaydigan texnologiyalar va materiallarni qo‘llagan holda ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar tomonidan 7 martdan boshlab amalga oshiriladi.
Bildirilishicha, tirbandliklarning oldini olish va noqulayliklarni kamaytirish maqsadida yo‘l ishlari asosan transport harakati eng kam bo‘lgan soatlarda tashkil etiladi.
“Vaqtinchalik noqulayliklar aholiga noqulaylik keltirib chiqarishi mumkinligini tushunamiz, biroq amalga oshiriladigan ishlar nisbatan qulay harakatlanish va xavfsizlikni ta’minlaydi. Oldindan tushunish bilan yondashganingiz uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz”, deyiladi xabarda
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4-5 mart kunlari velosport musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li yopilgandi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr