Toshkentda yo‘l yopilishi ortidan qator avtobus yo‘nalishida o‘zgarish bo‘ldi

Jamiyat

image

Yashnobod tumani Parkent va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasidagi uch qavatli ko‘prik qurilishi ishlarini jadallashtirish va ish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 3 mart soat 23:00 dan 13 martga qadar Yashnobod tumanidagi Maxtumquli ko‘chasining Parkent va Pahlavon Mahmud ko‘chalari oralig‘idagi qismi vaqtincha yopildi.

Shu munosabat bilan mazkur hudud orqali harakatlanuvchi ba’zi avtobus yo‘nalishlarida ham o‘zgarish bo‘ldi. 

“Toshshahartransxizmat” AJning ma’lum qilishicha, 44, 95, 110, 119, 129, 152-avtobus yo‘nalashlarida qatnovchi avtobuslar o‘z harakatini 13 martga qadar Parakent, Temur Malik, Do‘rmon yo‘li, G‘azalkent, Oltintepa va yana Parkent ko‘chalari orqali davom ettiradi.

18, 23, 30-avtobus yo‘nalishlari esa Parkent, Qorasuv, Alimkent, Elbek, Pahlavon Mahmud, Mahtumquli ko‘chalari orqali qatnaydi. Mazkur yo‘nalishlardagi avtobuslar harakati vaziyatga qarab yana o‘zgartirilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

yo'l avtobus

Baholaganlar

22

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing