Toshkentda 60 yoshli ayolni yuk mashinasi urib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Kecha, 24 mart kuni soat 17:55 da Toshkent shahrining Aviasozlar-2 kvartalidagi Muhtor Ashrafi va Izzat ko‘chalari kesishmasida oxiri o‘lim bilan tugagan YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent viloyatilik 24 yoshli R.A. yuk avtomobilini boshqarish davomida belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan 60 yoshli ayolni urib yuborgan. Piyoda olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Ayni vaqtdagi ma’lumotlarga ko‘ra, piyoda transport vositasining “ko‘r hududi”da bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

297

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing