Toshkentda yuk mashinasi metro ko‘prigiga urildi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yuk mashinasi metro ko‘prigiga urildi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK Matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea bugun, 11 iyul kuni soat 17:10 da yuz bergan. Baynalminal ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasi tomon harakatlanayotgan yuk mashinasi va unga o‘rnatilgan konteyner metro ko‘prigi konstruksiyasiga borib urilgan.

Qayd etilishicha, hodisa natijasida metro ko‘prigiga zarar etmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metro

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing