Toshkentda yuk mashinasi issiqlik quvuriga kelib urildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 24 fevral kuni soat 22:00 larda Toshkent shahrining Yashnobod tumani Ohangrabo ko‘chasida joylashgan 17-, 20-, 2-uylar va 435-MTTga olib boruvchi issiqlik quvurlariga og‘ir yuk mashinasi kelib urilganligi oqibatida havodan o‘tuvchi issiqlik quvurlarida avariya holati vujudga kelgan. 

Yashnobod tumani hokimligi xabariga ko‘ra, hozirgi kunda “Toshissiqquvvati” DUK Yashnobod tuman boshqarmasi tomonidan avariya holatini bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rilib, aholiga issiqlik energiyasini uzluksiz va sifatli yetkazib berish uchun yangi issiqlik quvurlarini montaj qilish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

Qayd etilishicha, bugun, 1 mart kuni soat 10:00dan 22:00 gacha yangi issiqlik quvurlarini montaj qilish ishlari olib borilishi munosabati bilan Uysozlar va Ohangrabo ko‘chalarida joylashgan 70 ta ko‘p qavatli uy, 2ta maktab va 1 ta bog‘cha issiqlik tizimidan o‘chiriladi

Keltirilgan noqulayliklar uchun “Toshissiqquvvati” DUK Yashnobod tuman boshqarmasi uzr so‘ragan. 


Maqola muallifi

Teglar

issiqlik ta'minoti

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing