Toshkentda yuk mashinasi, avtobus va yengil avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi

3-sahifa

image

Bugun, 17 oktyabr kuni soat 13:30 larda Toshkentning Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida 3 ta avtomashina – MAN yuk avtomashinasi, MAN avtobus va Nexia-3 ishtirokida Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1991 yilda tug‘ilgan M.N. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomashinasi (tirkamali) Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotib, tormoz tizimida nosozlik paydo bo‘lishi natijasida shu yo‘nalishda “Tartibga solingan piyodalar o‘tish joyi”da svetaforning harakatni taqiqlovchi qizil chirog‘ida to‘xtab turgan 1972 yilda tug‘ilgan A.F. boshqaruvidagi MAN rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobusning orqa chap qismiga kelib urilgan.

Oqibatda MAN yuk avtomashinasini kabina qismi mahkamlangan joyidan uzilib yerga tushish natijasida, sirpanib borib svetaforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan 1973 yilda tug‘ilgan D.G. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtomobilga urilib, shikast yetkazgan.

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

167

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing