Toshkentda yuk mashinalarining harakat vaqti cheklanadi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining “Toshkent shahar ko‘chalaridagi tirbandlikni oldini olish maqsadida transport vositalari harakatini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahar ko‘chalaridagi tirbandlikni oldini olish maqsadida, poytaxt hududida N1 toifali (yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan oshmaydigan) avtotransport vositalaridan yuqori transport vositalari harakati tig‘iz vaqtlarda, ya’ni ertalabki soat 07:00 dan 10:00 ga qadar, kechki soat 17:00 dan 20:00 ga qadar cheklanadi.

Favqulodda va shunga o‘xshash kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rilishi talab etiladigan hollarda qonun va qonun osti hujjatlari bilan belgilangan imtiyozli maxsus transport vositalarining harakatlanishi bundan mustasno.

Shuningdek, Toshkent shahrining markaziy ko‘chalarida harakat xavfsizligini ta’minlash va transport vositalarining qatnovini tartibga solish maqsadida markaziy ko‘chalar bo‘ylab tirkamali aravalar (ot yoki boshqa hayvonlarga qo‘shib tortiladigan yoki odam mushak kuchi bilan harakatga keltiriladigan dvigatel bilan jihozlanmagan, yuk tashishga mo‘ljallangan qurilma)ning harakati ham cheklanadi.

Qaror loyihasi 2021 yilning 5 yanvarigacha muhokama qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

yuk mashinasi

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing