Toshkentda YTHga uchragan BYD yonib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yo‘l-transport hodisasiga uchragan BYD yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 2 may kuni soat 13:30 da  Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Do‘rmon yo‘li va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari chorrahasida elektromobil yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. YTH oqibatida avtomobil yongan va bu to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 13:34 da yetib borib, yong‘in soat 13:57 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Cobalt va LI XIANG avtomashinalari o‘rtasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan edi. Oqibatda Cobalt avtomashinasining 2 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in elektromobil' BYD

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing