Toshkentda YTH oqibatida 41 yoshli piyoda vafot etdi
3-sahifa
−
09 Sentabr 2024 4874 1 daqiqa
Kecha, 8 sentyabr kuni Toshkent shahrida Cobalt rusumli mashina 41 yoshli erkakni urib yubordi va oqibatda piyoda vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea soat 23:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1997 yilda tug‘ilgan J.X. (erkak) Cobalt rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, 1983 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida “Jiguli” va Spark ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 4 yoshli qiz vafot etgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025