Toshkentda YTH: 20 yoshli qiz erkakning o‘limiga sababchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 13 iyul kuni Toshkentda 20 yoshli qiz sodir etgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida erkak kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

YTH taxminan soat 06:40 da Mirobod tumanidagi Nukus va Mirobod ko‘chalari kesishmasida yuz bergan. 20 yoshli Laurita Z. Tracker avtomobili boshqaruvini eplay olmasdan 56 yoshli piyoda Mirkomil Ya.ni urib yuborgan.

Piyoda badan shikastlari oqibatida voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. 

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

420

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing