YPX xodimlari bodi-kamerani ishlatishni boshladi
Jamiyat
−
24 iyul 2019
5169Joriy yil 22 iyuldan boshlab poytaxt Toshkent shahri ko‘chalarida Yul patrul xizmati xodimlarining bodi-kamera sinovlari boshlandi. Bundan maqsad bodi-kameralarning ishlashini sinash, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Toshkentda bodi-kameralar bilan faoliyat olib borayotgan YPX xodimi haydovchilar bilan muloqot qilishdan oldin ularning suhbati bodi-kameraga yozib olinayotganini ogohlantirayotganlari aytilmoqda. Sinov natijalari nufuzli komissiya tomonidan o‘rganib chiqiladi, shundan so‘ng taklif va tavsiyalar taqdim etiladi.
Toshkentda bodi-kameralardan tashqari YPX xodimlarining yangi kamzuli ham sinovdan o‘tkazilyapti. Ushbu jiletlar tana haroratini isitmaydigan, mustahkam setkali matodan tikilgan bo‘lib, unda inspektorlar o‘zlari bilan olib yuradigan aspob-uskunalarni joylashtirish mumkin. Buning uchun jiletning bir necha cho‘ntaklari bor.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan YPX inspektorlari 1 iyuldan boshlab yoppasiga bodikameralar bilan ishlashga o‘tishi kerak edi. Lekin texnik jihatdan tayyor bo‘lmagani sabab ushbu qarorning kuchga kirishi 2020 yilning 1 yanvarga qoldirildi.
LiveBarchasi