YHXBB bodi-kameralar bo‘yicha eslatma bilan chiqdi
Jamiyat
−
03 yanvar 2020
12960Joriy yilning 1 yanvar kunidan Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining barcha Yo‘l patrul xizmati xodimlari xizmatni bodi-kameradan foydalangan holda o‘tashni boshladilar.
IIV YHXBB YPX xodimi to‘xtatib muloqotga kirishganda, mazkur muloqot mobil kameraga yozib olinadi, kelgusida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilsa, aybni isbotlash uchun videoyozuvdan foydalanilishi mumkinligini eslatdi.
Bildirilishicha, xodimlar tomonidan foydalanilayotgan mobil kameralar, xodimning yo‘l harakati ishtirokchilari bilan o‘zaro muloqotini tasvirga olib, ushbu muloqotning samimiy, xushmuomalalik asosida bo‘lishiga hamda ziddiyatli va noxush vaziyatlarni, shuningdek, korrupsiya holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.
Ayrim hollarda esa xodimning xatti-harakatlari ustidan ariza va shikoyatlar bildirilganida, ushbu videoyozuvlar holatga oydinlik kiritishga yordam beradi.
IIV YHXBB axborot xizmati fuqarolardan kelayotgan ayrim savollarga to‘xtalib o‘tdi:
mobil kameradan YPX xodimining yo‘l harakati qatnashchisi bilan muloqotini tasvirga olish uchun foydalaniladi;
YPX xodimi haydovchiga, uning sodir etgan qoidabuzarligining videotasvirini ko‘rsatib berishga majbur emas;
barcha xizmatga jalb etilayotgan xodimlar mobil kameradan foydalangan holda xizmat o‘taydilar. YPX xodimining mobil kamerasiz xizmat o‘tashiga yo‘l qo‘yilmaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 18-bandiga asosan yo‘l harakati qatnashchilari xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga egalar.
“Ko‘rinib turibdiki, amalga oshirilayotgan bu sa’y-harakatlarning barchasi birinchi navbatda siz uchun, sizning xavfsizligingiz va qonuniy manfaatlaringizni himoyasi uchun amalga oshirilmoqda. Shunday ekan, yaratilayotgan sharoitlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanishlaringizni, harakatlanish xavfsizligini ta’minlash ishlariga munosib hissa qo‘shishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma’lumotda.
LiveBarchasi