1 yanvardan 5707 nafar YPX xodimi bodi-kamera bilan ishlaydi
Jamiyat
−
24 dekabr 2019
10485Avval xabar berganimizdek, 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab Yo‘l-patrul xizmati xodimlari bodi-kameralar bilan faoliyat yuritishni boshlaydi. Xo‘sh, qoidabuzarlar bilan muloqotni qanday qayd etib boradi? Bu kabi savollarga bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan matbuot anjumanida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikromov javob berdi.
Vazir o‘rinbosari eng avvalo texnik uskunlarga ta’rif berdi.
O‘tgan davr mobaynida Xitoy Xalq Respublikasining “Xaytera” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan 50 ta bodikamera Toshkent shahrida jumladan, 32 tasi YPX xodimlari, 18 tasi PPX xodimlari tomonidan joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida test sinovlaridan o‘tkazildi.
Vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, Respublika bo‘yicha server moslamalarini joylashtirish uchun 65 ta, bodi-kamelarni joylashtirish uchun 192 ta joy tayyorlangan.
XXRning “Xaytera” kompaniyasidan 6193 ta bodi-kamera xarid qilingan. Bodi-kameralarga tegishli dasturlar o‘rnatilib, kerakli miqdorda sim-kartalar bilan ta’minlangan hamda himoyalangan VPN-kanallari orqali aloqa yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur qurilma va jihozlar tasdiqlangan taqsimotga asosan o‘rnatilgan tartibda joylarga tarqatilgan.
Ma’lumot uchun:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 200 dona;
- Toshkent shahriga 2 876 dona;
- Andijon viloyatiga 187 dona;
- Buxoro viloyatiga 212 dona;
- Jizzax viloyatiga 188 dona;
- Qashqadaryo viloyatiga 236 dona;
- Navoiy viloyatiga 185 dona;
- Namangan viloyatiga 184 dona;
- Samarqand viloyatiga 341 dona;
- Surxondaryo viloyatiga 203 dona;
- Sirdaryo viloyatiga 183 dona;
- Toshkent viloyatiga 432 dona;
- Farg‘ona viloyatiga 289 dona;
- Xorazm viloyatiga 191 dona bodikameralar berildigan. 193 donasi zahiraga olindi.
Bodi-kameralar 2020 yilning 1 yanvar kunidan boshlab amaliyotda ishlatiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 11 iyuldagi PQ-3127-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 1 dekabr kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi begilab berildi.
Nizom talablariga ko‘ra 2019 yil 1 iyuldan boshlab YPX xodimi xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oshkora olib borishi va bu haqda yo‘l harakati ishtirokichisini ogohlantirishi belgilangan edi. Lekin mobil videokamerani olib kelish va joriy etish bo‘yicha ayrim texnik sabablarga ko‘ra ushbu muddat 2020 yil 1 yanvarga ko‘chirildi.
LiveBarchasi