Toshkentda YPX inspektori va fuqaro bo‘ralab so‘kishdi (video)
3-sahifa
−
04 dekabr
6854Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent-Chinoz yo‘lida yo‘l-patrul xizmati xodimi fuqaroni onasidan so‘kib ketgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, mazkur holat bugun, 4 dekabr kuni soat 16:00 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani xudidan o‘tgan M39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
“Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositasi o‘rnatilgan transport vositasini boshqarib kelayotgan YPX inspektorini xizmatiga xalaqit berib, haqorat qilgani sababli fuqaro va YPX inspektori o‘rtasida nosamimiy munosabat yuzaga kelgan”, deyiladi xabarda.
Mazkur holat Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB tomonidan alohida nazoratga olingan. O‘rganish va xizmat tekshiruvi natijasi bo‘yicha tomonlarning harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida IIB xodimlari va fuqarolar janjallashgandi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr