Bill Geyts koronavirus vaksinasi samarasiz bo‘lishidan ogohlantirdi
Olam
−
26 iyun 2020
8033Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts koronavirus vaksinasi infeksiyaning tarqalishiga to‘sqinlik qiladigan darajada samarali bo‘lmasligi mumkinligidan ogohlantirdi.
Geyts CNNga bergan intervyusida vaksinani ishlab chiqish haqida to‘xtalar ekan, uning ustida ish olib borayotganlar ikkita xususiyatga asoslanishini aytib o‘tdi. Birinchisi, vaksinatorning o‘zi kasallikning oldini olish, ikkinchisi undan infeksiyani boshqa odamlarga yuqishining oldini olish.
"Birinchi holda, emlash infeksiyani yuqtirmaslik uchun ideal to‘siq bo‘lishiga kafolat berilmaydi", dedi u.
Geyts tananing kasallikka qarshi immunitetini yuqori baholadi. Unga ko‘ra, ishlab chiqilgan immunitet organizmni kamida bir yil davomida infeksiyani qayta yuqtirish xavfidan himoya qiladi.
Microsoft asoschisi, shuningdek, AQSHning yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi Entoni Fausining koronavirus vaksinasi 2020 yil oxirida yoki 2021 yil boshida tayyor bo‘lishini taklif qilgan prognozini qo‘llab-quvvatladi.
Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi JSSTning ikkinchi yirik donori hisoblanadi. 2018-2019 yillarda tashkilot byudjetining 9,76 foizini ta’minlagan. Jamg‘arma dorilar va vaksinalar sohasidagi tadqiqotlarni moliyalashtiradi.
LiveBarchasi