Toshkentda yirik YTH! 10 kishi jarohatlandi

Jamiyat

image

Kecha, 25 dekabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 4 mashina ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qilmoqda.

YTH soat 17:00 atrofida GAZ 3302, Damas, Lacetti va VAZ 2106 ishtirokida sodir bo‘lgan. Barcha avtomobil haydovchilarining shaxsi aniqlangan.

YTH natijasida VAZ 2106 haydovchisi va uning to‘rt nafar yo‘lovchisi, Lacetti haydovchisi va uning uch nafar yo‘lovchisi, shuningdek, Damas yo‘lovchisi turli og‘irlikdagi jarohat olgan va shifoxonaga yetkazilgan.

YTH Lacetti haydovchisi 20 yoshli Muhammadali T.ning xatosi bilan yuz bergani taxmin qilinyapti. U Bunyodkor–Baynalminal ko‘chasi bo‘ylab harakatlanganayotganda tezlikni sezilarda darajada oshirib, boshqaruvni eplay olmay, yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketib, boshqa avtomobillar bilan to‘qnashuv sodir etgani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

225

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing