Toshkentda yirik tovlamachilik va firibgarlikda gumonlanib, to‘rt kishi ushlandi

3-sahifa

image

Toshkentda juda ko‘p miqdorda tovlamachilik va firibgarlikda gumonlanib, yana to‘rt kishi qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ular  Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik), 168-moddasi 4-qismi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.

Ular:

1980 yilda tug‘ilgan Narmirzayev Bunyod Taxirovich (Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);


1991 yilda tug‘ilgan Xatamov Sanjar Ravshan o‘g‘li (Jinoyat kodeksi 165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);


1964 yilda tug‘ilgan Qurbanov Shukurali Xaydaraliyevich (Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi, juda ko‘p miqdorda firibgarlik);


1971 yilda tug‘ilgan Shukurov Ramzes Fikrat o‘g‘li (Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi, juda ko‘p miqdorda giyohvandlik vositasini o‘tkazish).

“Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 Telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi IIBB xabarida.

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent IIBB firibgarlik tovlamachilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing