Toshkentda yigit piyodalar o‘tish joyida yotib oldi (video)
3-sahifa
−
12 noyabr
11285Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida noma’lum yigitning piyodalar o‘tish joyida yo‘lning o‘rtasida yotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, fuqaroning shaxsiga oydinlik kiritilganda uning Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yashagani va ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi ma’lum bo‘lgan. Shu sababdan yigit ruhiy asab kasalliklari shifoxonasiga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi piyodalar o‘tish joyida yo‘l harakati qatnashchilarining hayotini xavf ostiga qo‘yib, prank olgan yigitlar 3 sutkaga qamalgandi.