Toshkentda yosh qizlarni Turkiyaga fohishalikka sotib yuborayotgan ayol ushlandi
3-sahifa
−
26 mart 2022
13104Joriy yilning 23 mart kuni Toshkent shahar IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlariga “Sevara” ismli ayol, yosh qizlarni ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan Turkiyaning Istanbul shahriga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborayotgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Ma’lumot yuzasidan tezkor-qidiruv ishlari olib borilgan. Natijasida “Sevara” ismli ayol Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi 27 yoshli A.S. ekani aniqlanngan. U moddiy manfaat evaziga Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi 26 yoshli I.Sh.ni Turkiya davlatida mo‘may daromad topishga qiziqtirib, yo‘l haqi va boshqa xarajatlarni ishlab berish sharti bilan joriy yilning 23 mart kuni soat 05:30 larda uni “Toshkent-Istanbul” yo‘nalishida aviareys orqali Istanbul shahriga fohishalik bilan shug‘ullanishi uchun yuborayotgan vaqtida, ashyoviy dalillar, ya’ni avia bilet, ikkisi o‘zaro suhbatlashib yurgan telefon apparatlari yozishmalari bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 135-moddasi 1-qismi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.
Tergov jarayonida A.S. o‘zining ko‘rsatmalarida, Turkiya fuqarosi bo‘lgan “Ferdi” ismli shaxs bilan birgalikda ushbu jinoyatni sodir etgani, I.Sh.ni Turkiya davlatiga yuborish uchun unga 500 AQSH dollari yuborganini, shundan 350 AQSH dollariga avia chipta xarid qilib, qolgan 150 AQSH dollarini esa xizmat haqi evaziga rag‘batlantirish tariqasida olib, pulni hozirgi kunda o‘zining ehtiyojlariga sarflab yuborganini ma’lum qilgan.
Mazkur jinoyat ishi yuzasidan A.S.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 135-moddasi 2-qismi “ye” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan odam savdosi) bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi