Toshkentda yer usti metrosi harakatlandi (video)

Jamiyat

Poytaxt Toshkentda barpo etilayotgan yer usti metrosi sinovdan o‘tkazildi. Ijtimoiy tarmoqlarda sinov jarayonidan olingan videolar tarqaldi.

Videoda yer usti bo‘ylab harakatlanayotgan metro vagonida odamlar borligini ko‘rish mumkin. Jumladan, tasvirda sinov jarayonida texnik guruh vakillaridan tashqari, mahalliy aholi vakillari ham ishtirok etgani ko‘rinadi.

Ma’lumot uchun, Toshkentdagi yer usti metrosining umumiy uzunligi 52, 1 kilometrdan iborat. Mazkur metro qurilishi besh bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab Toshkent metropolitenining “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan qismi quriladi. 11 kilometrlik bu qismda sakkizta bekat bunyod etiladi.  


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metro

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing