Toshkentda yaroqsiz sariyog‘ sotishga uringanlar qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Uchtepa tumanida iste’molga yaroqsiz sariyog‘ mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.A. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, "Diydor" MFY hududidagi avtoturargoh garajida iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan 400 kg sariyog‘ mahsulotini xaridorlarga sotish maqsadida go‘yoki “A.I.” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilganligini bildiruvchi savdo belgilarini qadoqlagani aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz hamda G‘uzor tumanlarida iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotini ishlab chiqarish holatlari aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent sariyog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing