Toshkentda yangicha radar-kamera qurilmasi o‘rnatildi
O‘zbekiston
−
13 Oktyabr 2021 15341 1 daqiqa
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida yo‘llardagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi yangicha videokuzatuv moslamasi o‘rnatildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga YHXBBdagi manba xabar berdi.
Yangi qurilma kecha, 12 oktyabrdan ishga tushdi. Bungacha u sinovdan o‘tkazilgan. Yangicha videokuzatuv moslamasi ham radar vazifasini bajaradi, ham qoidabuzarliklarni qayd etadi.
Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida, Mudofaa vazirligi qarshisida o‘rnatilgan qurilma harakat vaqtida telefon va xavfsizlik kamari bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni aniqlaydi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr