Toshkentda yangicha piyodalar o‘tish yo‘lagi paydo bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida yangicha 1.14.1 – tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyi (zebra) yo‘l belgisi sinovdan o‘tkazilyapti. Bu haqda IIBB Matbuot xizmat xabar berdi.

Shahar hokimligi IIBB bilan hamkorlikda Slovakiyadan mutaxassislarni taklif qilgan. Ular sinov tariqasida 1.14.1 yo‘l belgisi uchun oq va qizil ranglardan foydalanishni taklif qilgan.

Toshkent shahrida yangicha tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyi (zebra) Amir Temur xiyoboni oldida sinov tariqasida qo‘llanildi.

Qayd etilishicha, yevropa mamlakatlarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash tajribasi sariq-oq rangli belgilar kechki vaqtda yaxshi ko‘rinmasligini ko‘rsatgan. Qizil-oq ranglari esa haydovchi va piyodalarga birdek yaxshi ko‘rinishi aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent piyodalar o'tish joyi

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing